"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionatining 7-turida "Real" bilan uchrashuv (0:0) haqida fikr bildirdi.
"To'p "Real" o'yinchisining qo'liga tekkan vaziyat? Hamma xato qilishi mumkin. BU ularning xulosasi. Balki hammasi qoida doirasida bo'lgani uchun o'yinni to'xtatishmagandir.
Bu qiyin o'yin bo'ldi, bu erda har doim shunday qiyinchilikka duch kelamiz. G'alaba qozonishni istagan edik. Birinchi bo'limda yaxshi futbol ko'rsatdik, vaziyatlarimiz bo'ldi, ammo raqib darvozaboni yaxshi harakat qildi.
Ikkinchi bo'limda tashabbus "Real" tomoniga o'tdi, bu normal holat. "Real"da aoyib o'yinchilar yig'ilgan, tanaffusdan so'ng sabr va himoya qilishimizga to'g'ri keldi.
"Real"ga qarshi mehmonda o'ynash doim qiyin. Bu stadionni achchiq ta'm bilan tark etyapman, ammo baribir durang - haqqoniy natija", - deydi Simeone.