Bugun La Liganing 7-turida “Real” – “Atletiko” uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Real — Atletiko
23:45, “Santyago Bernabeu”.
Bosh hakam: Martines Munuera.
Agar bu o'yin bir necha tur oldin bo'lganida “Real” ushbu bahsda shubhasiz favorit hisoblanardi. Biroq, ohirgi turlard “qaymoqranglilar”ning ishi unchalik yurishmayapti. Bu o'yinda imkoniyatlar bir-hil. O'tgan turda "qirollik klubi" “Ramon Sanches Pisxuan” stadionida yirik hisobda “Sevilya”dan mag'lub bo'ldi. Bunday mag'lubiyatdan keyin “Real” munosib javob qaytara oladimi?
“Atletiko” mavsumni omadsiz tarzda boshladi lekin, keyinchalik “Real” va “Barselona” mag'lubiyat alamani tortganida, “matraschilar” kuchli to'rtlikka kirib oldi. Endi “Atletiko” etakchi jamoadan faqatgina ikki ochko orqada ketyapti. Bugun “matraschilar” g'alaba qozonsa ikkinchi o'ringa yoki birinchi o'ringa ko'tarilib olishi ham mumkin.
Mehmonlar har doimgidek himoyaviy uslubda o'ynaydi va “Real”ni qarshi hujumlarda ushlashga harakat qiladi. “Real” esa bu o'yinda to'p nazoratini qo'lga olishi aniq ular “Sevil”dan uchragan mag'lubiyat alamani chiqarib yuborishi kerak. “Atletiko” esa ular uchun qulay raqib.
Tarkibdagi muammolarga kelsak, “Real”da ikkita asosiy tarkib o'yinchisi Marselo va Isko jarohati borligi sabab o'yinni o'tkazib yuboradi. Brziliyalik futbolchini Nacho, Iskoni esa Asensio o'rnini bosishga harakat qiladi.
Tahminiy tarkiblar:
Real: Kurtua — Karvaxal, Varan, Ramos, Nacho — Modrich, Kazemiro, Kroos — Beyl, Benzema, Asensio
Atletiko: Oblak — Xuanfran, Ximenes, Godin, Ernandes — Saul, Rodrigo, Koke, Lemar — Kosta, Grizmann
Jarohat olganlar: Isko, Marselo (ikkisi ham — “Real”)
So'roq ostida turganlar: Karvaxal — Xose Ximenes, Arias, Savich
Qiziqarli faktlar:
- “Real” va “Atletiko” oxirgi 3 ta o'yinda durang o'ynagan.