Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich avvalgi jismoniy formasiga qaytyapgani haqida aytdi.
“Jahon chempionatidan so'ng dam olishga vaqtim bo'lmadi. Hozir sekin-sekin avvalgi holatimga qaytyapman. O'yindan-o'yinga o'zimni yaxshi his qilyapman. Joriy mavsumni omadli o'tkazmoqchiman.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Modrich eng yaxshi futbolchi nominatsiyasida g'olib bo'lgandi.