"Real" klubi hujumchi Alvaro Morataning "Manchester Yunayted"ga o'tish ishlarini "muzlatmoqchi".
"Real" rahbariyati jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning jamoadan ketish haqidagi so'zlaridan so'ng Moratani jamoada ushlab qolmoqchi, deya xabar beradi AS.
Avvalroq, "MYu" Morata bilan 12 mln evro maosh bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar qilingan edi. Klub vaqillari kelgusi haftada uchrashishlari kerak edi.