"Real" himoyachisi Marselo o'ng oyog'ining boldir qismidagi mushagidan jarohat olgani haqida xabar berib o'tgandik. Braziliyalik futbolchi ertaga "Atletiko"ga qarshi bo'ladigan Madrid derbisida ishtirok eta olmaydi.
"Qirollik klubi" hozircha futbolchining to'liq tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi haqida rasmiy ma'lumot bermadi. Ammo AS nashri sport vrachlari bilan maslahatlashib, o'yinchining sog'ayishi uchun taxminan qancha vaqt kerakligi haqida ma'lumot berdi.
Marselo faqatgina oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan keyin Lopetegi ixtiyoriga qaytadi. "Real" 20 oktyabr kuni "Levante"ga qarshi bahs olib boradi. Oradan bir hafta o'tib "Barselona"ga qarshi bo'ladigan "klasiko"da himoyachi ishtirok etishi mumkin.
Shu tariqa, Marselo ertaga bo'ladigan Madrid derbisidan tashqari, EChL doirasida TsSKA va La liganing 8-turida o'tkaziladigan "Alaves"ga qarshi o'yinlarni ham o'tkazib yuboradi.