“Real” himoyachi Marseloning jarohati haqida rasmiy xabar berdi.
Braziliyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng uning oyog'ining boldir sohasidan jarohat olgani ma'lum bo'ldi.
31 yoshli futbolchi shifokorlar nazoratida jarohatidan tiklanadi. Marselo safga qachon qaytishi hozircha noma'lum.
Eslatib o'tamiz, himoyachi “Sevilya”ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.