"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionatining 6-turida "Sevilya"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:3) fikrlarini bildirdi.
"Bu qiyin o'yin bo'ldi, birinchi bo'limda biroz faolroq bo'ldik, ammo bu ritmni ushlab qola bilmadik. Golllar - qisman xatolarimiz ortidan bo'ldi, ikkinchi gol esa umuman omadsizlik bo'ldi: men to'pni qaytardim, u ANdre Silvaning oyog'iga tushdi...
Doim sergakmiz, ammo safar o'yinlarida nimadir bo'lyapti, balki o'yinlarni jadalroq boshlashimiz kerakdir", - deydi belgiyalik darvozabon.