Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo “Sevilya”ga qarshi o'yinda jarohatlandi.
Braziliyalik futbolchi “qaymoqranglilar”ning kelgusi o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin.
Xulen Lopetegi 30 yoshli futbolchi boldiridan jarohat olganini aytgandi, uning jarohatidan tiklanish muddati tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng aniq bo'ladi.
Ma'lumot uchun, “Real” 29 sentyabr “Atletiko” bilan chempionlar ligasida TsSKAga qarshi 2 oktyabr o'ynaydi.