"Real" darvozaboni Tibo Kurtua uchrashuvdan so'ng intervyu berib o'tdi.
"Birinchi bo'lim murakkab bo'ldi, ular intensiv o'yin ko'rsatishdi va biz ularga qarshilik ko'rsata olmadik. Ikkinchi bo'limda biroz yaxshi o'yin ko'rsatdik xatto gol urdik, VAR buni hisoblamadi, shuningdek, Beylda ham ajoyib vaziyat bo'ldi.
Soat 4:00 da men uxladim va yaxshigina dam oldim. Gala kansertning bu natijalarga daxli yo'q. Ertasi kuni mashg'ulotlarda ham ishtirok etdik. Derbi har doim ajoyib bo'lgan, juda qiyin o'yin bo'ladi va biz ochko yo'qotishni xohlamaymiz. Bu o'yinda har doim bosim yuqori bo'lgan. Bugun yutqazdik, endi "Atletiko"ga yutqazishga haqqimiz yo'q, ertadan boshlab shanba kungi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz", - deydi Kurtua.
Bobojonov