"Milan" direktori Massimiliano Mirabelli klub darvozabon Janluiji Donnarummaga judu qulay taklif bildirganini ma'lum qildi.
Ammo posbon klub bilan 2018 yilda yakuniga etadigan shartnomasini uzytirmadi.
"Biz unimuxlislarimiz uchun "Milan" timsoliga aylantirmoqchi edik. Buning uchun hamma narsa qilmoqchi edik. U sardor edi va to'g'risini aytsam, uning yoshi va vaziyatni hisobga olib unga juda qulay taklif bildirgan edik - besh yil davomida 25 mln evro.
Biz ham xuddi muxislarimiz singari xafamiz. Biz Donnarumma va uning agentiga katta hurmat bilan qaraymiz, ammo har kim o'zi to'g'ri deb o'ylagan qaror qabul qilish huquqiga ega. Hozir biz "Milan" uchun munosib posbon qidiryapmiz", - deydi Mirabella.