«Real» himoyachisi Marselo Ispaniya chempionatining 6-turi doirasida o'tkazilgan «Sevilya»ga qarshi o'yinda (0:3) jarohat oldi.
30 yoshli futbolchi mazkur jarohat tufayli bahsni davom ettira olmadi va 75-daqiqada maydonni tark etdi. Bu paytga kelib Lopetegi 3ta o'zgarishni amalga oshirib bo'lgani sababli, «Real» uchrashuvning qolgan 15 daqiqasi davomida bir kishi kam bo'lib o'ynashga majbur bo'ldi.
Bu vaqtda madridliklar 0:3 hisobida ortda qolishayotgandi va bu hisob o'yin oxirigacha o'zgarmay qoldi.