Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi Michel Salgado jamoaning 18 yoshli futbolchisi Vinisiuga ijaraga ketishni maslahat berdi.
″Vinisius hozir juda katta bosim ostida qolmoqda.“Real” futbolchi uchun 45 million evro sarifladi, shuning uchun boshqacha tassavur qilib bo'lmaydi.
U to'g'ri qarorga kelishi kerak. Vinisius o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan boshqa biron bir kuchliroq jamoaga ijaraga o'tishi kerak.
Vinisiusni transferini qoralamoqchi emasman, ammo hozir u o'ynashi kerak”, deydi Salgado.