Ispaniya terma jamoasi va "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos 9-marta FIFAning ramziy terma jamoasidan o'rin oldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u "Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta bilan tenglashib oldi.
"Bu mening to'qqizinchi sovrinim. Bu borada Inestaga etib olish — mening uchun sharaf. Biz — ispanlar ko'p g'alabalarni qo'lga kiritganmiz. Bu intilishlarimiz uchun berilgan sovrindir. Buning uchun harakat qilsa arziydi", – dedi Ramos Marca nashriga bergan intervyusida.
"Faoliyatim davomida to'qqizinchi marotaba yilning ramziy terma jamoasidan o'rin oldim. Ammo har galgisi o'zgacha ahamiyatga ega. Ular soni yanada ko'proq bo'lishini istayman. Rahmat!" – deya yozdi Ramos o'zining Tvitterdagi sahifasida.