"Real" futbolchilari so'nggi vaqtda Ronaldu bilan yuzaga kelgan vaziyatga befarq bo'lmadilar.
Ispaniya soliq organlari tomonidan soliq to'lamaganlikda ayblangan Ronaldu Madrid klubini tark etmoqchiligi ma'lum qilgan. Uning fikricha, klub uni etarli darajada himoya qilmayapti.
Marca nashrining ma'lum qilishicha, "Real" o'yinchilari bu voqeani o'zaro muhokama qildilar va o'z nuqtai nazarlari bilan bo'lishdilar. Ular ichida bu Ronalduning strategiyasi ekani haqida fikrga egali ham yo'q emas. Unga ko'ra, Ronaldu bu bilan maoshining oshirilishiga erishmoqchi. Futbolchilar ishonmoqdalarki, agar maoshi oshirilsa, Ronaldu darrov tinchib qoladi.