Fransiyaning "PSJ" klubi "Real" himoyachisi Pepeni o'z safiga qo'shib olish niyatida emas, bu haqida Le Parisien nashri xabar berib o'tadi.
Hozirda 34 yoshli futbolchiga "Galatasaray" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda. Ispaniyaning Cadena SER nashri bergan ma'lumotga ko'ra "PSJ" bilan shartnoma imzolashga yaqin deya xabar berib o'tishgan edi.
Eslatib o'tamiz, mavsum yakuniga yetgach Pepe erkin agent sifatida jamoani tark etadi.