«Real» yarim himoyachisi Isko La liganing 6-turi doirasida bo'ladigan «Sevilya»ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Tibbiy ko'rikdan o'tgan ispaniyalik futbolchida ko'richak borligi aniqlangan. Shu bois, u yaqin soatlar ichida jarrohlik stoliga yotadi. Iskoning qachon safga qaytishi hozircha aniq emas.
«Sevilya» – «Real» bahsi ertaga, 26 sentyabr kuni tunda bo'lib o'tadi.