Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres Krishtianu Ronaldu haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
“Krishtianu ortga qaytsa, faqat xursand bo'lamiz. Ronaldu bilan oramizda hech qanday muammo yo'q. Bir kun kelib Ronaldu yana “Real” libosini kiyishidan umid qilamiz. Jamoamiz har doim uning uyi bo'lib qoladi”, - deydi Peres.