"Real"ning sobiq prezidenti Ramon Kalderon hujumchi Krishtianu Ronalduning jamoadan ketish haqidagi fikriga munosabat bildirdi.
"Men uni "MYu"dan sotib olganimda shunga o'xshash holat bo'lgan edi - u u erdan ketishni istadi va biz shartnoma imzolagandik. Agar u ketishni istasa, bu hammasi tugadi degani, prezident sifatida hech narsa qila olmaysan. Uni qo'yib yuborishing va foydali kelishuvga erishishing mumkin.
Men uning Xitoyga yoki Yaqin Sharqqa boradi, deb o'ylamayman. U juda yaxshi formada va zo'r o'ynayapti. U Pogbadan qimmat bo'ladi, chunki u yaxshi o'yinchi. Unis sotib olishni istaganlar katta pul to'lashlariga to'g'ri keladi", - deydi Kalderon.