"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres "Santiago Bernabeu"ning yangi proektini namoyish qildi.
"Bizning reja 2017-yil may oyida tasdiqlangan. Bu bizga stadionni rekonstruksiya qilishga imkoniyat beradi. Endi biz ish uchun tender o'tkazib, moliyalashtirish bo'yicha taklifni tasdiqlashimiz kerak. Umid qilamanki, rekonstruksiya ishlari keyingi yil avvalida boshlanadi. Ta'mirlash ishlari 3 yil muddatga cho'zilishi rejalashtirilgan. Loyihaga ko'ra stadion ta'miri uchun 400 mln yevro ajratilgan edi, ammo Madrid sudining yangi qarorlariga ko'ra 525 mln yevro pul ketadigan bo'ldi. Yangi stadion qurilganidan so'ng yiliga stadionning o'zida 150 mln yevro foyda ko'riladi", - deydi don Florentino Peres.
Bobojonov