"Real" prezidenti Florentino Peres "Santyago Bernabeu" stadionining rekonstruktsiya loyihasini tanishtirdi.
1947 yilda ochilgan arena ikki marta qayta qurilgan (1982 va 2001), hozirda 81 044 kishini sig'diradi.
"Rejamiz 2017 yilning ma yoyida tasdiqlangan. Bu bizga stadion rekonstruktsiyasida harakatlar erkinligini beradi. Endi tender o'tkazib, moliyalashtirish taklifini tasdiqlashimiz kerak.
Ishlar kelgusi yilning boshida boshlanishiga umid qilyapmiz va uuch yarim yil davom etadi.
Ishalr qiymati 400 mln evroni tashkil qiladi, ammo Madrid sudining yangi talablariga ko'ra bu summa 525 mln evroga etdi.
Yangi stadion bizga har yili 150 mln evro keltiradi", - deydi Peres.