"Yuventus" himoyachisi Daniel Alves jamoa darvozaboni Janluiji Buffon haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Buffon - haqiqiy professional. Oxir oqibat chempionlar ligasi - bu shunchaki sovrin. Buffon faqat shu musobaqa g'olibi bo'libgina tarixga kiradi deb o'ylamayman.
U afsona, buni uning statistikasi tasdiqlab turibdi. BUffon har doim Buffon bo'lib qoladi.
"Real" g'alabaga munosib bo'ldi, biz yomon o'ynadik. O'yin hammasini ko'rsatib qo'ydi - biz chempionlar ligasi kubogiga munosib emasdik.
Ikir-chikirlar muhim, masalan, ular vaqtlarini ko'proq oilalari bilan o'tkazdilar. Bu natijaga ta'sir qildi.
Biz skudettoni yutdik, ammo bu chempionlar ligasi emas. Biz ko'rog'iga erishishimiz mumkin bo'lgan nuqtaga chiqdik. Biz g'alaba uchun kerak bo'lgan ishlarni bajarmadik", - deydi Alves.