Madridning "Real" klubi o'tgan mavsum yakunlari bo'yicha moliyaviy hisobotni e'lon qildi.
"Qirollik klubi"ning o'tgan mavsumdagi umumiy daromadi 750,9 mln evroni tashkil qildi. Bu esa klub tarixidagi rekord ko'rsatkich hisoblanadi. O'tgan mavsum bilan taqqoslaganda madridliklarning daromadi 11,3 foizga oshgan.
Jamoa rahbariyati yangi mavsumda bu boradagi natijani yangilashni maqsad qilgan. "Real" 2018/2019 yilgi mavsumda 752 mln evro daromad olishni ko'zlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida "Real" 13 ochkoga ega bo'lib turibdi.