"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi haqidagi xabarlar tobora keng tarqalib bormoqda. Bu borada turli tafsilotlar yuzaga chiqmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, portugaliyalik futbolchi soliq bilan bog'liq mojarolar tufayli Ispaniyani tark etmoqchi.
Bu haqdagi dastlabki ma'lumotni Portugaliyaning «A Bola» nashri tarqatgan. BBCga ko'ra, futbolchining vakillari payshanbadan jumaga o'tar kechasi Ispaniyaning etakchi nashrlariga qo'ng'iroq qilishgan juma kuni tongda nashr etiladigan «A Bola» nashri muqovasiga e'tibor qaratishni so'rashgan.
Shuningdek, Ronaldu Portugaliya terma jamoasi futbolchilariga "Real"dan ketayotganini ma'lum qilgan.