“Real” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi “Espanol”ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
“Murakkab raqib, qiyin o'yinlar. “Espanol” yaxshi tayyorgarlik ko'rgan jamoa, ularning murabbiyi ham yaxshi. Uchrashuv qiyin bo'lishini bilgandik va shuning uchun ikkinchi golni urishga harakat qildik.
Eng asosiysi ohirigacha chidadik va g'alaba qozondik. O'yin intrigasini o'ldirish qo'limizdan keldi bu juda muhim edi.
Ba'zida jamoalar biz bilan himoyaviy o'yin ko'rsatishadi. “Espanol” himoyaga yotib olmadi lekin, hujum ham qilmadi. To'p nazoratini yo'qotib qo'yganimiz eng katta muommoyimiz bo'ldi. Baribir uch ochko oldik”, - deydi Lopetegi.