Forbes jurnali, Krishtianu Ronaldu "Real"ni tark etadigan bo'lsa, kelajakda klubning qanday reytingga ega bo'lishi mumkinligini baholab ko'rdi. Jurnal turli sport reytinglari bo'yicha Sports Money Index tomonidan tuzilgan reytingiga asoslanib taxmin qilishicha, klub o'z mavqeini yo'qotadi.
«Real» hozirda ushbu reytingda 4-o'rinni egallab turibdi. Fobes taxminicha, 32 yoshli futbolchi transferga qo'yiladigan bo'lsa, "qaymoqranglilar" "sportcha kuch" va "ommaviylik" reytingida 15-o'ringa tushib ketishadi. E'tiborlisi, mazkur reytingda futbolchining o'zi 6-o'rinni egallab turibdi.
Sports Money Index reytingi (top-10):
1. Nike, sport buyumlari ishlab chiqaruvchi kompaniya
2. «Barselona», futbol klubi
3. Pepsi, iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi kompaniya
4. «Real», futbol klubi
5. LeBron Jeyms, «Klivlend Kavalerz» basketbolchisi
6. Krishtianu Ronaldu, «Real» hujumchisi
7. «Nyu-York Yankiz», beysbol klubi
8. Creative Artists Agency, kreativ agentligi
9. «Nyu-York Niks», basketbol klubi
10. Budweiser, iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi kompaniya