Taniqli jurnalist, "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning biografi Gilem Balage portugaliyalik yulduzning madridliklar safini tark etishidagi vaziyatni esladi.
"Ronaldu "Yuve"dagi har bir o'yinchining ishonchini qozonishni istamoqda. Chunki "Real"dagi oxirgi vaqtlarda bunday daldani his qilmagan edi. U shunday ishonch qidirib Italiyaga keldi. BU erda uni nafaqat "Yuventus" muxlislari, balki Italiya futboliga aloqador barcha katta quchoq kutib oldi.
Ronaldu o'sayotgan davrda uning otasi bo'lmadi, u faoliyati davomida o'ziga o'rnak bo'ladigan inson qidirdi - ser Aleks Fergyusondan agent Jore Mendeshgacha. Italiyada muxlislarning iliq munosabatlar bu hissiy bo'shliqni to'ldirdi. U yakdil mehr-muhabbatni istadi, ammo Florentino Peres buni tushunmadi. Allegri unga ota o'rnini bosa olmaydi, ammo u hal qiluvchi vaziyatlarda unga yordam bera oladi", - deb yozadi Balage.