UEFA tartib-intizom qo'mitasi 27 sentyabr kuni "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning ishini ko'rib chiqadi, deya xabar beradi AR jurnalisti Rob Xarris.
Portugaliyalik futbolchi EChL guruh bosqichining 1-turida "Valensiya" bilan uchrashuvning (2:0) 29-daqiqasida qizil kartochka olib, maydonni tark etgan edi.
Bu chetlatish Ronaldu uchun chempionlar ligasidagi birinchisi bo'ldi.