"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi EChLda "Roma" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) fikrlarini bildirdi.
"Biz bor-yo'g'i uch oydan buyon birga ishlayapmiz, jamoa o'sishda davom etmoqda va yaxshilanib bormoqda. Ammo oldinda qilinadigan ishlar ko'p. Bu o'yin o'yinchilarning xizmati bo'ldi.
Ular yaxshi o'ynashni istamoqdalar, kelganimdan buyon yirtqich kabi ishlamoqdalar, bu yaxshi. Biz to'p bilan va to'psiz ishllamoqdamiz, har bir musobaqaga shunday tayyorlanish kerak. O'yinchilarim - haqiqiy qahramonlardir", - deydi Lopetegi.