"Roma" darvozasiga Chempionlar Ligasidagi debyut o'yinida debyut golini kirtgan futbolchi Mariano Diaz OAV intervyu berib o'tdi.
"Muxlislarning qo'llab-quvvatlashidan minnatdorman. Men ularning qo'llab-quvvatlashiga o'z o'yinim bilan javob qaytardim. Yana bir bor muxlislarga minnatdorchiligimni bildiraman.
Marseloning ajoyib o'yinidan so'ng menga to'p oshirdi va men o'zimga bo'sh pozitsiya topib zarbani yo'lladim. Men baxtiyorman. Yettinchi raqam - bu shunchaki raqam, bu hech qanday yuk emas. Krishtianuga bo'lgan xurmatim cheksiz.
Terma jamoa? Umid qilaman, terma jamoadan chaqiruv olaman. Men Xulen Lopetegi terma jamoadaligida uning zahira variantida bor edim. Umid qilaman, Luis Enrikening nazaridan chetda qolmayman", - deydi dominikanlik hujumchi.
Bobojonov