"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi EChL guruh bosqichida "Roma" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) fikrlarini bildirdi.
"Roma" kabi raqib ustidan qozonilgan g'alabadan xursandman. Men maydon chetida asabiylashmadim, shunchaki o'zimni faol tutdim, chunki vaziyatlardan foydalana olmasang, rtami, kechmi raqib seni jazolaydi.
Mariano? U kechroq kirishdi, o'z imkoniyatiga ega bo'ldi va bundan foydalana oldi. Oldimizda uzoq mavsum, biz hammaga o'yin beramiz.
Navas? Avval aytganimdek, biz hammaga ma'qul variantni tanlaymiz", - deydi Loptegi.