Evropa chempionlar ligasining 1-turida “Real” o'z maydonida “Roma”ni qabul qildi va g'alaba qozondi.
Uchrashuvda “qaymoqranglilar” hujumkor uslubda o'ynadi “bo'rilar” esa himoyaviy. Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlanay deganda Isko jarima zarbasidan hisobni ochdi.
O'yinning 58-daqiqasida Modrichning pasidan keyin Beyl Olsenning chap burchagiga to'pni qamab qo'ydi.
Uchrashuvga 2-daqiqa qo'shib bergan vaqta zahiradan maydonga tushgan Mariano Dias “qaymoqranglilar” safida debyut golini urdi.
Real Madrid – Roma 3:0
00.00, “Santyago Bernabeu”
Gol: 1:0 – 45 Isko, 2:0 – 58 Beyl, 3:0 – 90 Dias.
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich (Sebalos, 85), Beyl (Dias, 73), Benzema (Asensio, 62).
Roma: Olsen, Fasio, Manolas, Kolarov, Florentsi, Nzonzi (Shik, 69), de Rossi, Under, Dzanolo (Pellegrini, 54), Al-Shaaravi (Perotti, 62), Jeko.
Ogohlantirishlar: Ramos (23), de Rossi (44), Jeko (76).