"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanning so'zlariga munosabat bildirganidan so'ng "matraschilar" himoyachisi Lukas Ernandes banga o'z fikrini aytdi.
Avvalroq, Grizmann o'zini Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi darajasiga etganini aytgan edi. Keyinroq Ramos frantsiyalik futbolchini "johil" deb atagan edi.
"Ramosga Grizmanning so'zlari yoqmagani tayin va u xohlaganicha o'ylashi mumkin. Biz uning o'z klubi qiziqishlarini himoya qilishini yaxshi bilamiz chunki u "Real" o'yinchisi. Jamoalarimiz o'rtasida jiddiy raqobat bor, har kim o'z qarashlarini himoya qiladi", - deydi Ernandes.