Rossiyaning "Arsenal" klubi Tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni Tulaga chorladi.
Avvalroq, Ispaniya soliq organlari bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli Ronaldu madridliklar safini tark etishini ma'lum qilgan edi.
"Krishtianu Ronaldu, biz seni Tulada kutamiz. Sening transferingga pulimiz etmaydi, ammo seni shirin choy va mazali pryaniklar bilan siylaymiz", - deyiladi Tvitterdagi murojaatda.