"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas EChL guruh bosqichining 1-turida "Shalke-04"ga qarshi o'yinda (1:1) ishtirok etdi.
Ispaniyalik 37 yoshli posbon chempionlar ligasida 20 mavsum ishtirok etgan birinchi futbolchi bo'ldi, deya ma'lumot beradi Opta.
Kasilyas 1999 yilda "Real" safida chempionlar ligasida debyut qilgan edi. Shunday buyon 167 ta o'yin o'tkazdi (rekord) va 186 ta gol o'tkazgan. Iker musobaqaning uch karra g'olibi bo'lgan.