"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanning so'zlariga munosabatini bildirdi.
Frantsiyalik futbolchi o'zini Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan bir saviyada ekanini aytgan edi.
"Grizmann johillik bobida uda botir va o'ziga ishonib yuborgan. Uning so'zlarini eshitsam, Totti, Xavi, Raul, Inesta, Kasilyas va juda ko'p sovrinlarga erishgan, ammo "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmagan boshqa futbolchilarni eslayman. U shunday natijalarga erishgan Simeone va Godin bilan maslahatlashsa bo'lar edi", - deydi Ramos.
Eslatib o'tamiz, Grizmann Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo'la turib, FIFAning yil o'yinchisi nomiga davogarlar uchligidan joy ololmadi. Bu uchlikda Krishtianu Ronaldu, Muhammad Saloh va Luka Modrich bor.