"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Kati Aveyru Portugaliya teleko'rsatuvlarining birida 7 yoshli o'g'li Dinish bilan mehmon bo'ldi.
Shou vaqtida Aveyru "ha", "yo'q" va "bo'lishi mumkin" deb javob berishi kerak bo'lgan savollarga tutildi.
Savollarning biri quyidagicha yangradi: "Oilangizga yangi farzandlar qo'shildimi?" Aveyru bu savolga "Bo'lishi mumkin" deb javob berdi, ammo uning o'g'li Dinish tashabbusni qo'lga oldi va "ha" deb javob berdi.
Avvalroq, Ronaldu egizaklar- qiz va o'g'il farzandli bo'lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu xabarni hozirgacha hech kim rasman tasdiqlamagan edi.