Ispaniya soliq xizmati "Real" futbolchisi Hames Rodrigesga qo'yilgan soliqdan bosh tortganlik ayblovini olib tashladi.
Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha soliq xizmati buni sharhlashdan bosh tortayotir.
Avaalroq, Rodrigesga 6,35 mln evro soliqni to'lamaganlik ayblovi qo'yilgan edi. Keyinroq kolumbiyalik futbolchi Ispaniya norezidenti sifatida daromad hisobotini taqdim qilgan edi.