Braziliyalik futbolchi o'z xolatini ko'rsatmoqda.
Vinisius Junior "Kastilya" tarkibidagi o'yinlari orqali Xulen Lopetegiga asosiy jamoa futbolchisi ekanligini isbotlashga harakat qilmoqda. Uning so'nggi o'yinda jarimadan kiritgan goli va yuqori texnika ega ekanligi so'zimizning isboti. Xususan, "Kastilya"ning so'nggi uchrashuvida 3 ta raqibini aldab darvozaga bergan zarbasi to'singa tegib qaytgan vaziyat ham mutaxasislar tomonidan uning maxoratiga yuqori baxo berilmoqda. Undan oldingi uchrashuvda esa hujumkor yarimhimoyachi dubl qayd etgan edi.
"Qirollik klubi" butunlay Juniorning maxoratiga ishonadi, ammo ular hozircha 18 yoshli futbolchi "Kastilya" tarkibida bo'lsa ham Ispaniya futboliga moslashishini xohlashmoqda.
Bobojonov