Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beyl Krishtianu Ronaldu jamoani tark etgach jamoada qanday muhit yuzaga kelganini aytdi.
“Albatta, jamoaning muhiti o'zgardi. O'zim haqida aytadigan bo'lsam oldindagidek bosimni his qilmayapman. Ronaldu ketganidan so'ng, jamoaviy futbol o'ynashni boshladik. Endi bir futbolchi uchun o'ynamaymaymiz”, - deydi Beyl.