Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar chog'ida "Real"ni tark etishi haqida ikki oy muqaddam qaror qilgan. Bu haqida Ispaniyaning mashhur AS nashri ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, Krishtianu aprel oyida o'z agenti Jorje Mendeshga aytgan. Ta'kidlanishicha, aynan Mendesh futbolchiga muhim o'yinlar oldidan o'z qarorini oshkor qilmay turishga ko'ndirgan.
AS ma'lumotiga ishonilsa, bu futbolchining soliqchilar bilan yuzaga kelgan muammosiga bog'liq emas.