Bosh murabbiy yangi futbolchilarga imkon berishga shoshilmayapdi.
"Qirollik klubi" yangi futbolchilari o'z imkoniyatlarni kutishmoqda. Faqatgina Tibo Kurtua tezda jamoaga kirishib uchrashuvlarda ishtirok etishni boshladi.
Mariano, Odriosola va Vinisiuslar esa hanuz o'yin amaliyotga ega bo'lishmadi. Xulen Lopetegi eski gvardiyaga ishonishda davom etmoqda. Shanba kungi uchrashuvda Mariano murabbiy qaroriga ko'ra zahiradan maydonga tushish uchun chigal yozdi mashqlarni boshlagan edi, biroq yakunda Lukas Vaskez Beylning o'rnini egalladi. Odriosola ham o'sha vaziyatda Mariano bilan maydonga tushish uchun mashqlarni o'tkazyotgan edi. Biroq oxir-oqibat ikkala futbolchi ham maydonga tushirilmadi.
Hozirda Lopetegi jamoaga kelgandan keyin faqatgina Dani Sebalyosga ishonch bildirmoqda, unda Kazemiro terma jamoadan charchoq alomati sabab qaytganligi sabab Seba 1-taym o'ynadi. Qolgan vaziyatlarda esa Xulen eski gvardiyaga ishonch bildirmoqda.
Bobojonov