"Real" futbolchilari klub jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning ketishiga yo'l qo'ymasligiga umid qilmoqdalar, deya xabar beradi Marca.
Portugaliyalikning jamoadoshlari uning ketishini istamayaptilar, chunki Ronaldu jamoa to'purarigina emas, sardor Serxio Ramos bilan birga jamoa etakchisi hamdir.
Avvlroq, 32 yoshli futbolchi klub prezidenti Florentino Peresga jamoasini o'zgartirishini aytgan edi. Futbolchining iddaosiga ko'ra, klub uni soliq organlaridan etarli darajada himoya qilmayapti.