"Real" yarimhimoyachisi Isko "Atletik" bilan o'yindan so'ng (1:1) uni zaxirada qoldirishga qaror qilgan bosh murabbiy Xulen Lopetegi haqida gapirdi.
26 yoshli futbolchi ikkinchi bo'limda maydonga tushdi va 63-daqiqada gol urdi. Bu gol jamoasiga durang keltirdi.
"Jamoada faqat men emasman, mendan yaxshiroq o'ynashi mumkin bo'lgan o'yinchilar bor. Murabbiy shuning uchun shunday tarkib tanladi.
Oldinda uzoq mavsum turibdi, biz tayyor bo'lishimiz kerak. Murabbiyning aytishicha, maqsadlarga etishimiz uchun barcha o'yinchilar tay1r bo'lishlari kerak", - deydi Isko.