"Real" himoyachisi Marselo "Atletik" bilan o'yindan so'ng (1:1) fikrlarini bildirdi.
"O'ylashimcha, "Real" muxlislari faqat Krishtianuni emas, Raul, Zidanni ham eslaydilar.
Bu durangdan ranjidik. Haqqoniy natija bo'lishi kerak bo'lgan g'alabaga umid qilgan edik.
Ikkinchi bo'limda kuchayish uchun bor kuchimizni berdik, ammo endi oldinga intilib, kelgusi o'yin haqida o'ylashimiz kerak.
Bizda qoyilmaqom jamoa bor, biz zo'r o'ynadik, ammo g'alaba qozona olmadik", - deydi Marselo.