“Real” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi “Atletik”ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
“Imkoniyatlarimizdan foydalanmadik. Bu stadionda o'ynash qiyin, lekin ikkinchi bo'limda “Real” futbolchilari hujum yaratishda ustunlikni qo'lga oldi va bizda juda ko'p imkoniyat bor edi. Isko? Unga ishonaman. Biz yarim himoyani ortidan kirib borib to'pni olib qo'yadigan futbolchi qidirayotgandik.
Ikkinchi bo'limda raqib jamoaga qaraganda yaxshi o'yin namoyish qildik va bitta gol urishimiz kerak edi”, - deydi Lopetegi.