Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu do'stlariga «Real» bilan bog'liq vaziyat haqida gapirgan.
Marca xabariga ko'ra, futbolchi Portugaliya termasidagi jamoadoshlariga Madridni tark etishini aytgan.
«Real»dan ketaman. Qarorim qat'iy. Orqaga yo'l yo'q» - degan Krishtianu.
Avvalroq, A Bola nashri 32 yoshli futbolchining qirollik klubi rahbariyatiga jamoani tark etmoqchi ekani haqida aytgani to'g'risida xabar bergan edi.
Ayni paytda Ispaniya prokuraturasi Krishtianuni 14,7 mln evro miqdoridagi soliqni to'lamaganlikda ayblamoqda. Agar bu ayblov tasdiqlansa, Ronaldu 5 yilga qamalishi mumkin.