"Real" klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich soliq yashirganlikda ayblanmoqda.
Marca xabariga ko'ra, futbolchi 2012 yildagi huquqbuzarlik ishi uchun ayblanmoqda.
Soliqchilar Modrichdan 1,2 mln evro miqdordagi tovon puli talab qilmoqdalar. Ammo manbaga ko'ra, Modrich bu summani 31 avgust kuni, "Real" bilan shartnoma imzolaganida to'lab bo'lgan. Modrich bu ayblovga nisbatan apellyatsiya bermoqchi.