"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl jamoaning avgust oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
G'olib ijtimoiy tarmoqlarda ovoz berish yo'li bilan aniqlandi.
Sovrin 13 sentyabr kuni ertalab "Real"ning mashg'ulot bazasida topshirildi.
29 yoshli futbolchi ushbu mavsumda La liganing uchta o'yinida uchta gol urib, bitta golga to'p oshirdi.