“Bavariya” yarim himoyachisi Xames Rodriges Ispaniyaga qaytishi mumkin.
Xabaringiz bor, kolumbiyalik futbolchi “Bavariya”da ijara asosida to'p so'rmoqda. Uning transfer huquqi esa “Real”ga tegishli.
Kicker nashrining yozishicha, “qirollik klubi” yozda Rodrigesni ortga qaytarib olishni rejalashtirmoqda.
Manbaning taxminiga ko'ra, “Bavariya” Rodriges uchun 42 mln berishga tayyor emas.
Ma'lumot uchun, Xames joriy mavsumda ikkita o'yinda maydonga tushdi.