"Manchester Yunayted" yozgi transferlar chog'ida "Real" himoyachisi Rafal Varanni qo'shib olishga urinib ko'rgan.
AS xabariga ko'ra, angliyaliklar futbolchi uchun "Real"ga 112 mln evro taklif qilganlar, ammo rad javobini olganldar.
Varan "Real" bilan EChLda va Frantsiya terma jamoasi bilan JCh-2018 g'olibi bo'ldi.
Bir mavsumda ham EChL va JCh g'olibligini qo'lga kiritgan uchta futbolchi bor - Kristian Karambyo (1998, Frantsiya), Roberto Karlos (2002, Braziliya) va Sami Xedira (2004, Germaniya). Bularning barchasi "Real" o'yinchilaridir. Varan to'rt karra EChL g'olibi hisoblanadi (2013/14, 2015/16, 2016/2017, 2017/2018).